• darkblurbg
    Innovatsion g‘oya va ratsionalizatorlik takliflari generatori
    Kompaniyangiz xodimlarining intellektidan 100% foydalanish imkoni bor.
    Endi Sizning imkoniyatlaringiz cheksiz!
  • darkblurbg
    Yaxshi tomonga o‘zgarish
    Kaydzen, Lean, 6 sigma kabi innovatsion yondashuvlardan
    korxonangizni boshqarishda foydalaning.
  • darkblurbg
    Shaxsiy g‘oyalar bankingizni shakllantiring
    Xodimlaringizning eng yaxshi
    g‘oyalarini to‘plang

Samarali boshqaruv

Jarayonda har bir xodim ishtirok etadi va eng yaxshi g‘oya amalga oshiriladi. Xodimlar sadoqati oshadi.

Ijodiy yondashuv

Xodimlar ijodiy salohiyatini amalga oshirish

YANGI MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQISH

Innovatsion madaniyatni shakllantirish

INNOVATSION G‘OYA VA RATSIONALIZATORLIK TAKLIFLARI GЕNЕRATORI (GIIRP)

“GIIRP” dasturiy mahsuloti korxonani takomillashtirish va muammolarga ijodiy yechim topishda xodimlarning takliflarini to‘plash va uni birlamchi qayta ishlash tizimini qurish uchun mo‘ljallangan.

Bu qanday ishlaydi?

step-1
1

Rahbariyat muammoni e’lon qiladi

Rahbarlar – yechimi topilishi kerak bo‘lgan muammolarni e’lon qiluvchi foydalanuvchilar

step-2
2

Mualliflar o‘zlarining yechim va takliflarini taqdim qilishadi

Barcha xodimlar muallif bo‘lishi mumkin.

step-3
3

Taklif va yechimni jamoa baholaydi

Kompaniya xodimlari – tizimda o‘z takliflarini e’lon qilishi va boshqa foydalanuvchilarning takliflariga baho berish imkoniga ega foydalanuvchilardir.

step-4
4

Menejer reytingga asoslanib taklif va yechimlarni tanlab oladi

Menejerlar – kelib tushgan takliflarni monitoring qiluvchi foydalanuvchilar. Takliflarni ekspertlar ko‘rib chiqishi uchun ajratishadi va ularga vazifa tayinlaydi.

step-5
5

Ekspertlar taklif va yechimlarni tahlil qilishadi

Ekspertlar – menejerlar tomonidan jo‘natilgan takliflarni batafsil ko‘rib ko‘rib chiqib, ekspert xulosasini tayinlovchi foydalanuvchilar.

step-6
6

Menejerlar takliflarni rahbariyatga yetkazishadi

Menejerlar ekspertlar xulosasini yig‘ishadi va takliflarni rahbariyat ko‘rib chiqishi uchun taqdim qilishadi

step-7
7

Final bosqichi. Rahbariyat takliflarni tadbiq qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi

Rahbarlar – menejerlar tomonidan tavsiya qilingan va e’lon qilingan takliflarni ko‘rib chiquvchi foydalanuvchi. Takliflarni tadbiq qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Miyani rivojlantirish uchun ilovalar

Bizning miya va asab tizimimizning cheksiz imkoniyatlarini bilish uchun neyrofanning eng zamonaviy ishlanmalari.

Ijodiy fikrlash texnikasi, murakkab savol va masalalarga intuitiv yechimlar topishni o‘yinlar yordamida rivojlantring.

O‘yinning asosiy maqsadi o‘yinchida – “yuqori samarador holatni” chaqirishdan iborat.



Nimaga erishasiz?

“Innovatsion g‘oya va ratsionalizatorlik takliflari generatori” nomli noyob internet platformasi imkoniyatlari:

Kompaniya xodimlari tomonidan hosil qilingan innovatsion g‘oya va ratsionalizatorlik takliflarini yig‘ish tashkil etiladi. G‘oya va takliflar internet platforma yordamida yig‘iladi. Bunda mualliflarga o‘z g‘oya va takliflarini muhokama uchun o‘zgartirish va e’lon qilish imkoni beriladi.

Tashkilot oldida turgan dolzarb muammo va masalalarning yechimini topish uchun korxona rahbari so‘rovlarni joylab boradi

Texnologik jarayonlarni takomillashtirish va kompaniya rivoji uchun xodimlarning bilim, g‘oya va fikrlarini almashishi uchun axborot maydonini ajratish

Korxona oldida turgan murakkab muammolarni muvafaqqiyatli bartaraf etishda hamkorlikdagi ijodiy jarayonni ishga tushirish

Kompaniya rivoji va ishlab chiqarishni takomillashtirishda noyob korporativ g‘oyalar banki va bilimlarini shakllantirish

Tashkilot xodimlari tomondan kelib tushgan takliflarni ahamiyati va qiymati reytingini shakllantirish, hamda muallif va kollektiv bahosini ta’minlash

Taklif qilingan g‘oyalarni foydaliligi, iqtisodiy samaradorligi va amalga oshirilish imkoniyatini ekspertlar baholashini tashkil qilish

Xodimlarga qo‘shimcha rag‘batlanishini yaratish, ularning ijodiy extiyojini qondirish va jamoaga jalb etish bilan birga xodimlar ijodiy salohiyatini oshirish

Qaror qabul qiluvchi ma’sul odam bilan tashkilot ratsionalizatorlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lash

Turli soha vakillari tomonidan berilgan takliflarni birlamchi baholash jarayonida asoslanmagan yechimlarni sonini sezilarli darajada kamaytirish

Tashkilotda ishlab chiqarishning dolzarb muammolarini yechishda ijodiy yondashuvchi guruh yaratish

Kam xarajat bilan innovatsion g‘oyalar va ratsionalizatorlik takliflarini amalga oshirishda tashkilotning sezilarli iqtisodiy foyda olishiga erishish