Sanoat korxonalari energiya iste’molining tizimli tahlili
Korxonalarning tezkor energetika tekshiruvlarini o‘tkazish
Korxonaning investitsion energetika tekshiruvini o‘tkazish
Energiya samaradorligi loyihasini joriy qilish va bajarilishini nazorat etish
Energiya samaradorligi loyihasining moliyaviy mexanizmini ishlab chiqish va uni bajarish uchun sarmoya qidirish
Energetik samaradorlik loixasini joriy etish va uni bajarilishini nazorat etish
Interval baholash – bu energiya iste’moli ruxsat etilgan oraliqqa tushmaydigan korxonalarni aniqlash jarayonidir. Bunda energiya iste’mollari bo‘yicha ma’lumotlarni tartiblash yo‘li orqali ruxsat etilgan oraliq topiladi. Baholash natijasida tezkor energetika tekshiruvlarini o‘tkazish uchun korxonalar ro‘yxati aniqlanadi.
Tezkor energetika tekshiruvi korxonaning haqiqiy energiya iste’moli, yoqilg‘i-energetika resurslarini ortiqcha sarf etilishi sabablari, energiyani tejash salohiyatini aniqlash, shuningdek energiyani tejashga doir asosiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va energiya iste’moliga bo‘ladigan sarf xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlarini beradi.
Investitsion energetika tekshiruvi – bu energiya samaradorligining texnik xususiyatlarini chuqurroq tahlil etadi va energiya tejamkor chora-tadbirlarga sarmoya kiritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi. Investitsion energetika tekshiruvi davomida quyidagi faktorlar tahlil etilishi lozim: qurilmalarning murakkablik darajasi; xodimlarning qurilmalardan samarali foydalanish imkoniyatlari; elektromexanik qurilmalarning holati; ta’mirlashga va almashtirishga ketadigan xarajatlar va h.k. Investitsion energetika tekshiruvi doirasida asosiy faktorlar tahlili bilan birga ularning xavf darajasi va qo‘shimcha xarajatlari baholanishi lozim. Bu xavflar barcha energetika loyihalarning moliyaviy tarkibida e’tiborga olinishi kerak.
Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni o‘rnatish
Eskirgan transformatorlarni zamonaviy turdagisiga almashtirish
O’zgaruvchan yuklama bilan ishlaydigan ob'ektlar(nasos stansiyalari va h.k.) elektr dvigatellari yuritmalarida chastotaviy rostlash qurilmalaridan foydalanish
Elektr energiyasi iste’molini monitoring qilish tizimlarini joriy qilish
Mavjud yoritish tizimini energiya samarador turiga almashtirish
Bino va inshoatlarni ochiq ranglarga bo‘yash, qo‘shimcha elektr qurilmalardan foydalanishni kamaytirish va h.k.
Loyihani muvaffaqiyatli yakunlanishining asosiy omili – bu uning uzluksiz tarzda nazorat va monitoring qilinishidir.
Monitoring va nazorat qilish amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samarasini baholash imkonini yaratadi, ya’ni energiya iste’moli amalga oshirilgan chora-tarbirdan so‘ng qanchalik kamayganligini baholab beradi.
Mahsulot ishlab chiqarishga sarf bo‘ladigan energiya iste’molini kamayishi ko‘rinishidagi iqtisodiy samaraga erishish va uni bozordagi raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.
Loyihaning bajarilishini monitoring qilish orqali rejalashtirilgan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini kuzatish imkoniyatini beradi
Qurilmalarni modernizatsiya qilish hisobiga ularning avariyasi va ishdan chiqish holatlari kamayadi
Energetika tekshiruvlarini o‘tkazish uchun energiya iste’moli anomal yuqori bo‘lgan korxonalarni aniqlash imkoniyatini beradi
Investitsion energetika tekshiruvi orqali moliyaviy jihatdan eng samarali loyihalarni aniqlash bilan joriy sarf-xarajatlarni kamaytirish imkoniyatini beradi